Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi.
Unda filial direktori maslahatchisi U.Davronov, profilaktika inspektori B.Dulonov hamda tegishli mas’ullar ishtirok etib, diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari, yot g‘oyalar ta’siridan yoshlarimizni himoya qilish, doimo ogoh va xushyor bo‘lish lozimligi haqida so‘z yuritdi.
Tadbir davomida diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlarini fosh etuvchi hujjatli film namoyish etildi.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi